Braziliyaning “Santos” klubi Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan Neymarning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Santos” Neymarni 6 oyga ijaraga olmoqchi. Braziliya klubi hujumchining otasiga sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videorolik orqali taqdimot o’tkazgan.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum Saudiya Pro ligasida birorta ham o’yin o’tkazmadi. Uning riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.