Germaniya Bundesligasining nomi oshkor etilmagan klublari Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrikning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchining agentlari nemis klublari bilan aloqada bo’lgan, biroq ularning barchasiga Endrik mavsum oxirigacha Madridda qolishni xohlayotgani aytilgan.
Qayd etilishicha, 18 yoshli futbolchi “Qirollik klubi”da muvaffaqiyat qozonmoqchi va bosh murabbiy Karlo Anchelottining ishonchiga kirishga qaror qilgan.
Biroq, ta’kidlanishicha, forvardga qiziqayotgan klublar uni qo’lga kiritishdan umidini uzgani yo’q va bir vaqtning o’zida uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Endrik joriy mavsum La Ligada 11 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Shuningdek, YChL’da 3 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urdi.