Madridning “Atletiko” klubi “Al-Ittihod”ning 33 yoshli yarim himoyachisi N’Golo Kantega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “matraschilar” allaqachon fransiyalik futbolchining vakillari bilan muzokara olib borgan. Biroq hali Saudiya klubiga rasmiy taklif yuborilmagan.
Ta’kidlanishicha, Kantening “Atletiko”ga o’tishiga uning yuqori maoshi to’sqinlik qilishi mumkin. Ushbu transfer amalga oshishi uchun futbolchi maoshini qisqartirishga rozi bo’lishi kerak.
Ma’lumot uchun, Kante o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.