Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal jarohatidan forig’ bo’ldi va La Liganing 15-turidan o’rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi o’yinda maydonga tushadi. Bu haqda Xans-Diter Flik xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, 17 yoshli futbolchi to’pig’idan olgan jarohati sabab 6-noyabrdan beri o’yinlarda ishtirok etmayapti.
“Lamin Yamal sog’aydi. U ertaga o’ynaydi, reja shu. Hozircha u maydonga tushadimi yoki yo’q, bir qarorga kelmadim. Lekin u o’ynaydi”, – deydi Flik matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Las-Palmas” uchrashuvi 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.