Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev UFC 311 turnirida raqibi almashtirilgani haqida gapirdi.
“Ali Abdel-Aziz xonamga kirib, menga xabar berdi. Bu g’alati holat, lekin men tayyorman. Gladiator arenaga kirsa, hech qachon raqib tanlamaydi.
Men hech qachon raqib tanlamayman. Men shartnomani yuboring, bo’ldi, shu holos. Qafasga kim kirishi muhim emas, meni uni sindirib tashlayman”, – deydi Maxachev.
Eslatib o’tamiz, UFC so’nggi lahzada jarohat olgan Arman Sarukyan o’rniga Renato Moykanoni Maxachevga yangi raqib sifatida berdi. Armanistonlik jangchi jarohati sabab chempionlik janggini tark etdi.