Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu MLS va Saudiya Pro-ligasining saviyasini taqqosladi.
“Bu yerga kelishga qaror qilganimda, liga bunchalik tez o’sadi deb o’ylamagandim, lekin bir-ikki yildan so’ng hozirgi darajaga chiqishini bilardim.
MLS yomonmi? Albatta. Ammo Saudiya Arabistoni bo’lgani uchun bu chempionatga past nazar bilan qarashadi. Lekin ular nima haqida gapirayotganlarini bilishmaydi. Biz faqat shu yerda bo’lganlarning so’zlariga ahamiyat berishimiz kerak”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, argentinalik hujumchi Lionel Messi hozirda MLS’ning “Inter Mayami” klubi safida to’p suradi.