Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Irish Independent xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Irlandiya davlat prokuraturasi 2023-yilning noyabr oyida Dublindagi tartibsizlikdan oldin MakGregorning ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini o’rganib chiqqan.
Tekshiruvlar shuni ko’rsatdiki, muhojirlar haqidagi bayonotlar namoyishchilarni ruhlantirib, mitinglarning tarqalishiga hissa qo’shgan bo’lishi mumkin.
Namoyishlar taxminan 20 yil avval Irlandiyaga kelgan 50 yoshli erkakning uch nafar bola va bir nafar ayolga pichoq bilan hujum qilganidan so’ng boshlanib ketgan.
Ta’kidlanishicha, agar Konor ushbu ishda aybdor deb topilsa, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.