“Manchester Siti”ning o’ng qanot himoyachisi Kayl Uoker “Milan”ga ko’chib o’tishga rozilik berdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, keyingi 24-48 soat ichida transferning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilinadi.
Avvalroq OAV’da angliyalik futbolchining “shaharliklar” bilan 2026-yilgacha mo’ljallangan shartnomasini muddatidan avval bekor qilib, erkin agent sifatida “Milan”ga o’tish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Uoker 2017-yildan buyon “Manchester Siti”da o’ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 319 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.