28 yoshli rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedov yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion Shon O’Mellini tanqid qildi.
“Bizda O’Mellidek chempion borligidan uyalaman. Erkaklar boshqacha bo’lishi kerak.
Sen masxaraboz emas, erkak bo’lishing kerak. Yoshlarga o’rnak bo’lishing lozim. TikTokda raqsga tushish, qo’shiq aytish haqiqiy erkakning ishi emas”, – deydi Umar Nurmagomedov.
Eslatib o’tamiz, Nurmagomedov 3-avgust kuni “UFC on ABC 7” turnirida Sandhagenga qarshi oktagonga ko’tariladi.