Misr terma jamoasi va “Zamelek” klubi himoyachisi Ahmad Fatouh mashinasi bilan El-Alameyn shahri yaqinida harakatlanib borib, politsiyachini urib yuborgan va uning o’limiga sababchi bo’lgan.
Shuningdek, futbolchining qonida giyohvand moddalar aniqlangan. Hozirda jinoiy ish sudga oshirilgan. Katta ehtimol bilan Fatouh futbolchilik faoliyatini yakunlashiga to’g’ri keladi.
Hozirda “Zamelek” klubi ushbu voqeaga munosabat bildirmagan.