“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning yangi shartnomasi qo’shimcha to’lovlar, bonuslar va imidjdan foydalanganlik uchun mablag’lar hisobga olinganda futbol tarixidagi eng daromadlisiga aylanadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 24 yoshli futbolchi yangi bitimga muvofiq haftasiga 1 million funt sterlingga yaqin maosh oladi.
Eslatib o’tamiz, “Man. Siti” 17-yanvar kuni Holand bilan shartnomani 2034-yilgacha uzaytirganini e’lon qildi.
The Guardian nashri xabariga ko’ra, norvegiyalik forvard bonuslardan tashqari haftasiga 500 ming funt sterling maosh oladi.