Turinning “Yuventus” klubi Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Karim Adeyemi transferini tezlashtirishga qarar qildi.
Turinliklar “Borussiya”ga 22 yoshli yarim himoyachi uchun 35+10 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kuni kecha “Yuventus” klubi sport direktori Krishtianu Giuntoli Adeyemining otasi bilan uchrashgan. Futbolchiga 4 million yevro maosh va yana bir million bonus bilan shartnoma taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, Adeyemi o’tgan mavsum Bundesligada 21 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.