O’zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Ajansspor jurnalisti Salim Manavning xabariga ko’ra, “Istanbul Bashakshehir” va “Roma” Shomurodov transferi bo’yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Eldorga “Renn” va “Kremoneze” kabi kuchli beshlik chempionatlari vakillari ham qiziqish bildirgandi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o’tgan mavsum “Roma” safida jami 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.