Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi mavsum yakunlanganidan so’ng “Barselona”ga qaytadi. Bu haqda jurnalist Aleks Kandal xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Messi “Kamp Nou” stadionida o’ynamay turib faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Ta’kidlash joiz, Aleks Kandal Messining “Inter Mayami”ga o’tishi haqida birinchi bo’lib xabar bergandi.
Eslatib o’tamiz, argentinalik yulduz 2023-yildan buyon MLS klubida o’ynab kelmoqda. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi shartnoma 2025-yilning oxirida yakuniga yetadi.