Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Fabio Koentrau noqonuniy dengiz mahsulotlari ishlab chiqarishda ayblanmoqda. Bu haqda Jornal de News xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Portugaliya hukumati mamlakat shimolidagi Povoa de Varzim baliq ovlash portida Koentrau tomonidan ijaraga olingan omborda kamida bir tonna noqonuniy dengiz mahsulotlarini topgan.
Qayd etilishicha, sobiq futbolchi bu biznesni 7 oy avval ochgan, biroq litsenziyasiz faoliyat yuritgan.
Tabiiy resurslar, xavfsizlik va dengiz xizmatlari bosh boshqarmasi (DGRM) inspektorlari omborda omar, qisqichbaqalar va levrek bilan to’ldirilgan 12 ta dengiz suvi idishini topgan.