“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bruynening kelajagi haqida gapirdi.
Belgiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.
“De Bruyne – ajoyib futbolchi. U yagona edi va shunday bo’lib qoladi. Kelajakda nima bo’lishi unga va klubga bog’liq”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, De Bruyne “Manchester Siti” safida o’zining o’ninchi mavsumini o’tkazmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 409 ta o’yinda maydonga tushib, 105 ta gol va 173 ta golli uzatmani amalga oshirdi.