Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati 27 yoshli hujumkor yarim himoyachi Frenki de Yongni transferga qo’yishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar ayni dam jamoada de Yongning o’rnini bosa oladigan futbolchilar yetarli deb hisoblamoqda. Shuningdek, gollandiyalik futbolchining klubdagi maoshi ham eng yuqorilaridan biri sanalanadi (35 million yevro).
Eslatib o’tamiz, de Yong 2019-yildan beri “Barselona” safida to’p surmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 222 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.