Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos futbol mutaxassisi sifatida televideniyada ishlash imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Men hali bunday narsalarni jiddiy o’ylab ko’rganim yo’q. Men kareramni kechagina yakunladim. His tuyg’ularim hali ham yangi.
Men u va bu mavzuda falsafa yuritishni xohlamayman. Murabbiylar haqida yoki transfer mish-mishlari haqida muhokama yuritmoqchi emasman. Faqatgina o’yin vaziyatlarini tahlil qilish va tushuntirish men uchun qiziqarli bo’lardi.
Shuning uchun men ikkinchi sharhlovchi sifatida ishlagan bo’lardim. Chunki bu rolda hamma narsa o’yinga bog’liq”, – deydi Toni Kroos.
Eslatib o’tamiz, Germaniya va “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Yevro-2024dan so’ng o’z faoliyatini yakunlagandi.