Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 4-bosqichida “Leyton Orient” o‘z uyida “Manchester Siti” klubini qabul qiladi.
Bugun, 8-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga bir necha nashrlar taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.
Jumladan, Sportsmole nashri “shaharliklar” quyidagi tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmoqda:
“Manchester Siti”: Ortega; Lyuis; Husanov, Stouns, O’Reyli; Gundo‘g‘an, Makt; Savinyo, De Bryuyne, Grilish; Mubama.
“Kelasi hafta “Real Madrid”ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvini hisobga olib, Gvardiola tarkibda ayrim o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Yangi futbolchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys himoyada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Ular bilan birga Riko Lyuis va Jahmay Simpson-Pyusi ham himoya chizig‘ini mustahkamlashi mumkin”, – deb izoh beriladi Sportsmole saytida.
Standart nashri ham Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi:
“Manchester Siti”: Ortega; Nunes, Husanov, Akanji, Lyuis; Niko, Gundo‘g‘an; Savinyo, De Bryuyne, Grilish; Marmush.
“Pep Gvardiola “Leyton Orient”ga qarshi Angliya Kubogi uchrashuvi uchun “Manchester Siti” tarkibida o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda.
Stefan Ortega darvozani qo‘riqlashda davom etishi mumkin, Jon Stouns va Yoshko Gvardiolga esa dam berilshi kutilmoqda, ularning o‘rnini Abduqodir Xusanov va Riko Lyuis egallashi mumkin”, – deya izoh berilgan.
Sportingnews nashri ham Abduqodir Husanov ushbu o‘yinni dastlabki daqiqalardan to‘p suradi, deb hisoblamoqda:
“Manchester Siti”: Ortega; Nunes, Akanji, Husanov, Gvardiol; Gonsales, Gundo‘g‘an; Marmush, Makt, Savinyo; Holand.
“Kevin De Bryuyne “Arsenal”ga qarshi o‘yinda yana zaxiradan maydonga tushdi, ammo Gvardiola uni asosiy tarkibda maydonga tushirishga tayyormi yoki uning o‘yin vaqtini cheklashni davom ettiradimi – bu hali noma’lum.
Ushbu uchrashuvda “Manchester Siti”ning yangi futbolchilari maydonga tushishi mumkin, ayniqsa muxlislar Niko Gonsalesning yarim himoyada Bernando Silva yoki Mateo Kovachich o‘rnini egallashini kutmoqda. Shuningdek, bu Abduqodir Xusanov uchun himoyada o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin”, – deyiladi saytda.
Ma’lumot uchun, uchrashuv ertaga, 8-fevral kuni 17:15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olish uchun, “shaharliklar” 11-fevral kuni “Real”ga qarshi maydonga tushadi.