Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoani tark etmoqchi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Gyundogan klubni tark etish niyatidaligini murabbiylar shtabiga aytgan. Rahbariyat ham futbolchining ketishiga qarshilik bildirmagan.
Eslatib o’tamiz, Ilkay “Barselona”ning “Valensiya”ga qarshi o’yin uchun qaydnomasiga kiritilmagandi. Ushbu bahsda kataloniyaliklar 2:1 hisobida g’alaba qozondi.