SSKA sobiq futbolchisi Gennadiy Kostylev Abbosbek Fayzullayevning O’zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganiga munosabat bildirdi.
“U doim yuqori tempda o’ynay olishiga ishonib bo’lmaydi. Uning butun mavsumni yuqori saviyada o’tkaza olishiga kuchi yo’q.
Fayzullayev yaxshi o’yinchi, ammo bosimga qanday dosh berishini bilmayman. Hozircha u mahorati bilan yaqqol ajralib turibdi.
U ayyor va original o’ynay oladi. Ba’zida u markazda zo’r o’ynaydi, lekin himoyaga yordam bermaydi. Hozir hamma generalist bo’lishi kerak: ham himoyada, ham hujumda o’ynay olishi lozim.
Abbosga esa himoyada o’ynash qiyin, garchi u harakat qilsa ham”, – deydi Kostylev.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum SSKA safida jami 16 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroni tashkil qiladi.