Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Yozua Kimmix Germaniya terma jamoasining yangi sardoriga aylandi.
Kimmix avgust oyida terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Ilkay Gyundoganning o’rnini egalladi.
Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger va Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Kay Xaverts vitse-sardorlar etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Kimmix 2016-yildan buyon Germaniya terma jamoasida o’ynab kelmoqda. U jami 91 ta o’yinda maydonga tushgan.
Eslatib o’tamiz, Germaniya Millatlar Ligasi doirasidagi o’zining navbatdagi o’yini 7-sentyabr kuni Vengriyaga qarshi o’tkazadi.