“Liverpul” “Nyukasl” markaziy hujumchisi Aleksandr Isakka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo’nur xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Anre Slot jamoasi mavsum oxirida Darvin Nunesni transferga qo’ymoqchi va uning o’rnini bosish uchun 25 yoshli Isakni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, shved futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 28 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.