“Manchester Siti” “Ayntraxt” klubi hujumchisi Omar Marmush transferi bo’yicha ilk rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar”ning taklifi nemis klubini to’laqonli qoniqtirgani yo’q, biroq tomonlar hozirda optimistik kayfiyatda. Kelishuv shu haftada yakunlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, misrlik hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.