PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike oktyabr oyida klub bilan shartnomasini uzaytirgan. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Enrike parijliklar bilan kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasi ikki yil muddatga uzaytirgan, biroq klub bu xabarni e’lon qilishga shoshilmagan.
Qayd etilishicha, rahbariyat ushbu xabarni noyabr oyida e’lon qilishni rejalashtirgandi, ammo PSJ’ning Chempionlar ligasidagi qoniqarsiz natijalari sabab shtabni yana biroz kutishga majbur qildi.
Ta’kidlanishicha, Enrike klubda ekanligidan xursand, ammo PSJ YChL’da muvaffaqiyatsiz o’yin ko’rsatishda davom etsa, shartnoma uzaytirilganiga qaramay, uning mavqeyi xavf ostida qoladi.