Fransiyaning PSJ klubi “Renn” vingeri Desire Doue uchun kurashga qo’shildi. Futbolchi klubning asosiy nishoniga aylangan.
Transferni muhokama qilish uchun PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi futbolchining oilasi bilan uchrashgan. Shuningdek, Desirega “Bavariya” ham davogarlik qilmoqda.
“Renn” futbolchi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Myunxenliklar esa Doue uchun 55 million yevro taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli vinger o’tgan mavsum Liga 1da 31 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.