Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin.
AS xabariga ko’ra, ispaniyalik futbolchiga “Boka Xuniors” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati jamoada ikkita afsonani birlashtirmoqchi: Ramos va hozirda “Boka Xuniors”da to’p surayotgan Edinson Kavani.
Qayd etilishicha, “Boka” klublar o’rtasidagi Jahon chempionati oldidan tarkibni kuchaytirmoqchi. Muzokaralar esa yanvar oyida bo’lib o’tishi aytilmoqda.