Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolning eng yaxshi uch nafar futbolchisi kimligini aytdi.
“Uch nafar eng yaxshi futbolchini sanaydigan bo’lsam, o’zimni, Lionel Messi va Zinedin Zidanni tanlagan bo’lardim”, – deydi Ronaldu Give me Sport nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Krishtianu joriy mavsum klub safida jami 33 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.