“Napoli” “Man. Yunayted”ning 20 yoshli vingeri Alexandro Garnachoni sotib olish variantlarini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Sport Italia xabar berdi.
Manbaga ko’ra, neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte Garnachoni qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin bo’lgan Xvicha Kvaratsxeliyani o’rniga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Qayd etilishicha, “Napoli” klubi hozirdanoq “Man. Yunayted” bilan aloqa o’rnatish ustida ish olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, mankunianliklar Garnachoni 50 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Garnacho joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “qizil iblislar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.