Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubi jamoa bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan o’zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi.
Angliyalik mutaxassis 2023-yilning yozida “Al-Ittifoq” boshqaruviga kelgandi. Bungacha Jerrard “Aston Villa” va “Reynjers” klublarini boshqargan va ular bilan Shotlandiya chempioniga aylangandi.
Shuningdek, Stiven “Liverpul”ning yoshlar jamoasida ham faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Jerrard “Liverpul” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. O’sha paytda Stiven Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” sharafini himoya qilgan.