“Liverpul” Trent Aleksandr-Arnoldga yangi shartnoma taklif qildi. Unga ko’ra futbolchi 4 yil davomida 20 million yevrodan maosh oladi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Trent “Real” tomonidan qiziqish bo’layotgani uchun kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Ispan grandi yanvar oyida futbolchi bilan uchrashib, u bilan faoliyatini La Ligada davom ettirishni muhokama qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Trent joriy mavsum “Liverpul” safida 20 ta o’yin o’tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.