Londonning “Arsenal” klubi “Barselona”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Olmo La Ligada ro’yxatdan o’tish bilan bog’liq muammolar sabab yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin va “kanonirlar” ushbu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
Qayd etilishicha, Olmoga, shuningdek, “Man. Siti” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda. O’z navbatida “Barselona” ham ispaniyalik futbolchini mavsum oxirigacha ro’yxatdan o’tkazish yo’llarini izlashda davom etmoqda.
Eslatib o’tamiz, Dani Olmo o’tgan yozda “Leypsig”dan “Barselona”ga ko’chib o’tgandi. Kataloniyaliklar futbolchini faqat 2024-yilning oxirigacha ro’yxatdan o’tkazgan holos.
