“Manchester Yunayted” “Milan”ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandes va “Atalanta”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Edersonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda DAZN xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar Ederson jamoaning chap qanot himoyasi bilan bog’liq muammosini hal qilishga qodir deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, “Milan” 50 million yevrolik taklif tushsa, Teoni qo’yib yuborishga tayyor. Ederson esa 60 million yevroga baholanmoqda. Biroq “Atalanta” futbolchini mavsum o’rtasida qo’yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasining 16-turidan so’ng 22 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 13-o’rinda bormoqda.