Hozirga kelib, O‘zbekiston kubogi musobaqasi yarim final bosqichiga yetib keldi. Ushbu bosqichda o‘zaro kurash olib boradigan juftliklar quyidagicha ko‘rinish hosil qilgan:
“Andijon” – “Surxon”
“Paxtakor” – “Navbahor”
Mazkur musobaqaning yarim final bosqich uchrashuvlari 30-avgust sanasiga belgilangan. Har ikki o‘yin ham shu kuni soat 19:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogi musobaqasining joriy mavsumdagi final uchrashuvi Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.