Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Andres Kristensen jarohati sabab safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 28 yoshli daniyalik futbolchiga Axilles trendinopatiyasi tashxisi qo’yilgan. Relevo xabariga ko’ra, reabilitatsiya jarayoni ikki oy davom etadi.
Ma’lumot uchun, Kristensen 2022-yilning yozida “Chelsi”dan “Barselona”ga ko’chib o’tgandi. U kataloniyaliklar safida jami 75 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.