“Manchester Siti” qishki transferlar vaqtida uchta futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” himoya, yarim himoya va hujum chizig’iga yangi futbolchilarni sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaras va “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoaning asosiy transfer maqsadlari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL’ning 16-turidan o’rin 27 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 5-o’rinda bormoqda.