Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Roma” italiyalik mutaxassisni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi. Bu ish bilan shaxsan rimliklarning amaldagi bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri shug’ullanmoqda.
Qayd etilishicha, “Roma”ning maqsadi – A Seriya futbolida yetarli darajada bilim va tajribaga ega yuqori saviyali murabbiyni topishdir. Anchelotti esa bu ta’riflarga to’liq mos keladi.
Ta’kidlanishicha, “Real” bosh murabbiyi mavsum oxirida klubni tark etishi va uning o’rnini Xabi Alonso egallashi mumkin.