Fransiyaning “Marsel” klubi prezidenti Pablo Longoriya Pol Pogbaning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
“Hozircha faol muzokaralar yo’q. Bu transferni keyingi yig’ilishda muhokama qilamiz. Hozircha Pol bilan hech qanday uchrashuv bo’lmagan. Eshigimiz uning uchun doimo ochiq”, – deydi prezident.
Eslatib o’tamiz, Pogba hozirda antidoping qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsion jazoni o’tamoqda. U keyingi yilning mart oyida maydonga qaytishi mumkin.