“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola boshqa klublarni boshqarmasligini ma’lum qildi.
“Men boshqa jamoani boshqarmoqchi emasman. Men uzoq muddatli kelajak haqida gapirmayapman.
Balki terma jamoada ishlashim mumkin. Bu boshqacha bo’lardi”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, Gvardiola 2016-yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda.