Madridning “Atletiko” klubi “Real Sosedad” himoyachisi Robin Le Normanni o’z safiga qo’shib oladi.
Oldinroq “matraschilar” Normanning transferi bo’yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgandi va kelishuv futbolchi ta’tildan qaytganidan so’ng rasman yopilishini ta’kidlagandi.
“Robin Le Normanni “Atletiko”ga 34,5 million yevro va bonuslar sifatida 5 million yevroga sotdik, bu fakt”, – dedi “Real Sosedad” prezidenti Jokin Aperribay.
Ma’lumot uchun, Le Norman o’tgan mavsum La Ligada 29 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.