Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini qanday holatda yakunlashga tayyorligini aytdi.
“Ketma-ket ikkita jahon chempionligini qo’lga kiritgan jamoa bormi? Agar Argentina bilan ikki karra jahon chempioni bo’lsam, faoliyatimni yakunlayman, sizga va’da beraman.
Men qarib qolganmanmi? Men endigina 32 yoshga to’ldim. 2026-yilgi Jahon chempionatida 33 yoshga to’laman, men hali yoshman”, – deydi Martines.
Eslatib o’tamiz, Argentina terma jamoasi 2022-yil Qatarda o’tkazilgan Jahon chempionatida bosh sovrinni qo’lga kiritgandi.