Kataloniyaning “Barselona” klubi “Yuventus”ning 26 yoshli vingeri Federiko Kyeza bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo’yicha prinspial kelishuvga erishdi. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar Kyezaga 2027-yilgacha mo’ljallangan shartnoma va 4+2 million yevro maosh taklif qilgan.
Qayd etilishicha, “Barselona” 26 yoshli italiyalik vingerning transferi uchun “Yuventus”ga 10+3 million yevro to’lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kyeza o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.