“Jenoa”ning 34 yoshli hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini A Seriyaning boshqa klubi “Venetsiya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Balotelli “Jenoa”da unga taqdim qilinayotgan o’yin vaqtidan noroziligini bildirgan. Genuyaliklar sport direktori Marko Ottolini ham forvard klubni tark etishga yaqin ekanini aytgan.
Avvalroq “Venetsiya” Shomurodov uchun jiddiy kurashayotgandi, biroq “Roma” Eldorni qishki transferlar vaqtida sotishni istamadi va uni jamoada saqlab qoldi.
Eslatib o’tamiz, Balotelli oktyabr oyi oxirida erkin agent sifatida “Jenoa”ga o’tgandi. Bu davr ichida u jami 6 ta o’yinda maydonga tushib, 56 daqiqa harakat qildi, holos.