Madridning “Real” klubi 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich Qit’alararo kubok finalida g’alaba qozonganidan so’ng jamoa tarixidagi eng ko’p titul yutgan futbolchiga aylandi.
Ushbu kubok xorvatiyalik futbolchi uchun “Real” safidagi 28-titul bo’ldi. Bu ko’rsatkich bo’yicha Modrich Dani Karvaxaldan oldinda bormoqda (27 ta).
Ma’lumot uchun, Ispan grandi safida eng ko’p titul yutgan uchinchi futbolchi o’tgan yozda jamoani tark etgan Nacho hisoblanadi (26 ta).
Eslatib o’tamiz, Modrich 2012-yildan buyon “Real” safida o’ynab kelmoqda.