Argentina terma jamoasi muxlislarni haqoratomuz qo’shiqlarni kuylamaslikka chaqirdi.
Amaldagi jahon chempionlari FIFA tomonidan qo’yilishi mumkin bo’lgan sanksiyalardan qochish maqsadida, 6-sentyabr kuni JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Chiliga qarshi o’yinda muxlislardan kamsituvchi so’zlarni aytmaslikni so’rab murojaat qildi.
“Agar haqoratomuz yoki kamsituvchi qo’shiqlar eshitilsa, FIFA Argentinaning navbatdagi uy uchrashuvi uchun stadiondagi muxlislar sig’imiga sanksiya qo’yishi mumkin.
Bunday qo’llab-quvvatlash jamoaga yordam bermaydi, aksincha zarar keltiradi”, – deyiladi terma jamoa bayonotida.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning yozida Kopa Amerikadagi g’alabadan so’ng Argentina terma jamoasi futbolchilari Fransiya terma jamoasi futbolchilariga nisbatan haqoratomuz qo’shiq kuylashgandi.