“Manchester Siti” yozgi transferlar oynasida himoya va yarim himoya chizig’ini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” “Nyukasl” himoyachisi Valentino Livramento va “Yuventus” yarim himoyachisi Andrea Kambiyaso nomzodlarini o’rganib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, “Man. Siti” joriy mavsum APL’da 26-turdan so’ng 44 ochko jamg’argan holda 5-o’rinda bormoqda. “Shaharliklar” navbatdagi o’yinini bugun, 26-fevral kuni “Tottenhem”ga qarshi o’tkazadi.