Fransiya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi Krishtianu Ronalduni troll qildi.
Avvalroq Ronaldu jurnalistlar bilan suhbatda “Oltin to’p”ni Chempionlar Ligasida g’alaba qozongan jamoa vakili olishi kerakligini aytgandi.
Shundan so’ng Riberi o’z Instagram sahifasiga quyidagicha hikoya joyladi:
“Ha, demak sen “Oltin to’p” yutishing uchun Chempionlar Ligasini yutgan bo’lishing kerak, shundaymi? 🤣🤣🤣”.
Eslatib o’tamiz, 2012/2013-yilgi mavsumda Riberi “Bavariya” bilan trebl qayd etgan va “Oltin to’p”ga asosiy da’vogar bo’lib turgandi. Biroq yakunda sovrin faqatgina Ispaniya Superkubogini qo’lga kiritgan Ronalduga topshirilgandi.