“Napoli” klubi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq gruziyalik futbolchi yaqin orada PSJ bilan shartnoma imzolashi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
“Salom! Menga hozir juda qiyin, lekin xayrlashish vaqti keldi. Men bu yerda ajoyib vaqt o’tkazdim. Biz bu xotiralarni birgalikda baham ko’rdik va ko’plab aql bovar qilmaydigan his-tuyg’ularni boshdan kechirdik. Neapol mening uyimga aylandi. Har biringiz uchun rahmat…
“Napoli”ga, shaharga, muxlislarga va Diyego Maradona xotirasiga hurmat bajo keltiraman. Men bu sehrli tuyg’uni va biz birgalikda yutgan Skudettoni hech qachon unutmayman”, – deydi Kvaratsxeliya.