O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Husayn Norchayev Portugaliyaning “Braga” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Portugaliyada transferlar oynasi 3-fevral kuni yopiladi. Shu sabab futbolchimiz bugun terma jamoa yig’inini tark etib, O’zbekistonga viza tayyorlash uchun qaytib kelgan.
Ma’lumot uchun, “Braga” ayni damda Portugaliya chempionatida 19-turdan so’ng 37 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 4-o’rinda bormoqda.