“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa hujumchisi Markus Reshford haqida gapirdi.
“MYU’ga katta iqtidor kerak va u katta iste’dod, shuning uchun u faqat yuqori saviyada o’ynashi kerak. Bu mening maqsadim. Men Markusga yordam bermoqchiman.
Biz Markusni o’tmishda ko’rsatgan eng yaxshi darajasiga olib chiqish uchun qo’limizdan kelgan hamma narsani qilamiz”, – deydi Amorim.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” ayni dam APL turnir jadvalida 22 ochko bilan 12-o’rinda bormoqda.